GRUNT EGILUVCHANLIGINI HISOBGA OLGAN HOLDA BINOLARNING SEYSMIK JAVOBINI BAHOLASH
Основное содержимое статьи
Аннотация
Maqolada seysmik ta'sirda inshoot–poydevor–grunt tizimining o'zaro ta'siri (IPGO') o'rganilgan. Bino bir erkinlik darajali tizim sifatida, poydevor esa gorizontal siljish va burilishga ega qattiq plita sifatida qaralgan. Grunt chastotaga bog'liq bo'lmagan prujina va dempferlar bilan almashtirilgan. Tizimning samarali davri va samarali so'nish koeffitsienti kompleks xos qiymatlar orqali aniqlangan. Kesish to'lqini tezligi 150–800 m/s bo'lgan to'rt toifadagi grunt uchun hisoblar bajarilgan. Bo'sh namlangan lyossli gruntda tebranish davri 23 % gacha uzayishi, so'nish 5 % dan 10,7 % gacha ortishi aniqlangan. Natijada asosdagi kesuvchi kuch 20 % gacha kamayadi, bino tepasining siljishi esa 21 % gacha ortadi.
Информация о статье
Как цитировать
Usmonov , R. (2026). GRUNT EGILUVCHANLIGINI HISOBGA OLGAN HOLDA BINOLARNING SEYSMIK JAVOBINI BAHOLASH. Interpretation and Researches. извлечено от https://interpretationandresearches.uz/index.php/iar/article/view/4091
Раздел
Статьи