KO‘RISH NOGIRONLIGI BOR SHAXSLARNING IJTIMOIY INTEGRATSIYASI: PSIXOLOGIK JIHATLAR
Основное содержимое статьи
Аннотация
Mazkur tezisda ko’rish imkoniyati cheklangan shaxslarning jamiyatga moslashuvi va ularning ijtimoiy integratsiya jarayoni psixologik nuqtai nazardan tahlil etildi. Tadqiqot davomida ko’zi ojiz yoki zaif ko’ruvchi insonlar duch keladigan psixologik to’siqlar, ularning ijtimoiy aloqalarni o’rnatishdagi qiyinchiliklari, shuningdek, o’z-o’zini anglash va ijtimoiy rolni bajarishdagi muammolar chuqur o’rganildi. Shuningdek, turli yoshdagi ishtirokchilarning hayotiy tajribasi, ijtimoiy muhitdagi munosabatlar sifati hamda psixologik qo’llab-quvvatlash darajasi tahlil qilindi. Amaliy kuzatuvlar va suhbatlar asosida, ijtimoiy integratsiyani yengillashtiruvchi omillar – ya’ni psixologik moslashuv, ijobiy motivatsiya, ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tizimi va atrof-muhitning inklyuzivligi – muhim ahamiyat kasb etishi aniqlangan.
Информация о статье
Библиографические ссылки
Karimov B.T. Nafaqat ko‘ruvchi, balki ko‘rganlarni ham tarbiyalovchi ko‘zi ojizlar psixologiyasi. Toshkent: O‘zbekiston, 2015.
Jo‘rayev N.A. Nogironligi bo‘lgan shaxslar psixologiyasi. Toshkent: Fan va texnologiya, 2018.
Qurbonova M.X. Ijtimoiy psixologiya asoslari. Toshkent: Tafakkur bo‘stoni, 2020.
https://rosuchebnik.ru/material/sotsializatsiya-detey.