α-AMINONITRILLARNI BIOMETALLAR BILAN KOMPLEKS HOSIL QILISH REAKSIYALARINI O‘RGANISH
Основное содержимое статьи
Аннотация
α-Aminonitrillar azot tutuvchi organik birikmalar bo‘lib, ular biologik faol moddalar, xususan, α-aminokislotalar sintezida muhim oraliq mahsulotlar hisoblanadi. Molekula tarkibida amin (–NH₂) va nitril (–C≡N) funksional guruhlarining mavjudligi ushbu birikmalarning metall ionlari bilan koordinatsion o‘zaro ta’sirga kirishish qobiliyatini oshiradi. Shu sababli α-aminonitrillar asosida yangi biometall komplekslarini sintez qilish va ularning xossalarini o‘rganish dolzarb ilmiy masalalardan biri hisoblanadi. Mazkur tezisda α-aminonitrillarni Cu(II), Zn(II), Co(II), Ni(II) va Fe(III) biometall ionlari bilan kompleks hosil qilish reaksiyalari tadqiq etildi. α-Aminonitrillar Streker reaksiyasi asosida aromatik aminlar (anilin va orto-toluidin), karbonil birikmalar hamda siyanid ionlari ishtirokida sintez qilindi. Kompleks hosil qilish jarayonlari suv–spirt muhitida, 25–70 °C harorat oralig‘ida va metall–ligand nisbatlari 1:1 hamda 1:2 bo‘lgan sharoitlarda olib borildi. Olingan komplekslar rangli va barqaror bo‘lib, ularning hosil bo‘lishi IR-spektroskopiya natijalari orqali tasdiqlandi. Natijalarga ko‘ra, kompleks hosil bo‘lish jarayonida nitril guruhining valent tebranish chastotasining past tomonga siljishi metall–ligand koordinatsiyasini ko‘rsatadi. Termik tahlillar Cu(II) va Ni(II) komplekslarining nisbatan yuqori termik barqarorlikka ega ekanligini aniqladi.
Информация о статье
Библиографические ссылки
Strecker A. Ueber die künstliche Bildung der Milchsäure und einen neuen, dem Glycocoll homologen Körper // Annalen der Chemie und Pharmacie. – 1850. – Bd. 75. – S. 27–45.
Vargas Méndez L.Y., Kouznetsov V.V. First Girgensohnine Analogs Prepared Through InCl₃-Catalyzed Strecker Reaction and Their Bioprospection // Current Organic Synthesis. – 2013. – Vol. 10. – P. 969–973.
Ping Y., Ding Q., Peng Y. Advances in C–CN Bond Formation via C–H Bond Activation // ACS Catalysis. – 2016. – Vol. 6. – P. 5989–6005.
Lang X., Chen X., Zhao J. Heterogeneous Visible-Light Photocatalysis for Selective Organic Transformations // Chemical Society Reviews. – 2014. – Vol. 43. – P. 473–486.
Koike T., Akita M. Visible-Light Radical Reaction Designed by Ru- and Ir-Based Photoredox Catalysis // Inorganic Chemistry Frontiers. – 2014. – Vol. 1. – P. 562–576.
Cotton F.A., Wilkinson G., Murillo C.A., Bochmann M. Advanced Inorganic Chemistry. 6th ed. – New York: Wiley, 1999. – 1356 p.
Greenwood N.N., Earnshaw A. Chemistry of the Elements. 2nd ed. – Oxford: Butterworth-Heinemann, 1997. – 1600 p.
Gade L.H. Koordinationschemie. – Weinheim: Wiley-VCH, 1998. – 540 p.
Kaim W., Schwederski B., Klein A. Bioinorganic Chemistry – Inorganic Elements in the Chemistry of Life. 2nd ed. – Chichester: Wiley, 2013. – 454 p.
Hegedus L.S., Söderberg B.C.G. Transition Metals in the Synthesis of Complex Organic Molecules. 3rd ed. – Sausalito: University Science Books, 2010. – 520 p.