SHAHAR MAISHIY OQAVA SUVLARNI MINI SEPTIK INSHOOTLAR YORDAMIDA IKKILAMCHI FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Основное содержимое статьи
Аннотация
Mazkur tezis shahar hududlarida hosil bo‘layotgan maishiy oqava suvlarni tozalash va ularni ikkilamchi foydalanishga yo‘naltirish masalasiga bag‘ishlangan. Tadqiqotda markaziy kanalizatsiya tizimlariga tushadigan yukni kamaytirish maqsadida ko‘p kamerali biologik tozalashga asoslangan mini septik inshootlardan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Mini septik inshootning ishlash prinsipi, mexanik va biologik tozalash bosqichlari hamda faol loyning aylanuvchi harakati orqali tozalash samaradorligini oshirish mexanizmlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ushbu texnologiya oqava suvlarni 95–98 foizgacha tozalash imkonini beradi va tozalangan suvni texnik ehtiyojlar uchun ikkilamchi foydalanishga yo‘naltirish mumkin. Taklif etilayotgan yechim shahar infratuzilmasida suv resurslaridan samarali foydalanish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash hamda barqaror rivojlanishga xizmat qiladi.
Информация о статье
Библиографические ссылки
Metcalf & Eddy. Wastewater Engineering: Treatment and Resource Recovery. 5th ed. McGraw-Hill Education, New York, 2014.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni. Suv resurslaridan oqilona foydalanish va suv xo‘jaligi tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida, 2022–2023 yillar.