ORGANIK YARIM OʻTKAZGICHLARDA ZARYAD TASHILISHI
Основное содержимое статьи
Аннотация
Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi — organik yarim oʻtkazgichlarda zaryad tashilishining fizik mohiyatini, asosiy nazariy modellarini va ularga taʼsir etuvchi omillarni tahlil qilishdan iborat.Shuningdek, tadqiqot quyidagi aniq maqsadlarni oʻz ichiga oladi:Organik yarim oʻtkazgichlarda zaryad tashilishining mexanizmlarini nazariy jihatdan tahlil qilish; Zaryad tashilish jarayoniga taʼsir etuvchi energiya darajasi bir xil boʻlmasligi, molekulyar tuzilma va polaron effektlarini o‘rganish; Zaryad tashilishning harakatchanligini aniqlashda qoʻllaniladigan eksperimental usullarni tahlil qilish.Tadqiqotda Marcus nazariyasi, Miller–Abrahams modeli kabi asosiy nazariy yondashuvlar ko‘rib chiqilgan, ularning afzalliklari va afzal boʻlmagan taraflari tahlil etilgan. Olingan natijalarga koʻra, organik yarim oʻtkazgichlarda zaryad tashilish jarayoni molekulyar tuzilma, energetik tartibsizlik, polaron shakllanishi hamda issiqlik tebranishlariga sezilarli darajada bogʻliqligi aniqlanadi. Ushbu tadqiqot organik elektronika qurilmalarini samarali loyihalash va zaryad tashuvchilarning harakatchanligiga ega yangi materiallarni yaratishda nazariy asos boʻlib xizmat qiladi.
Информация о статье
Библиографические ссылки
X.Bassler "Tartibsiz organik fotoo'tkazgichlarda zaryad tashilishi" maqolasi 66-bet
M.Pope "Organik kristallar va polimerlarda elektron harakati jarayonlari" 2- nashr
R.Marcus "Kimyoviy tizimlarda elektron almashinish reaksiyalari nazariyasi" 65-jild 599-610- betlar.