MINERAL VA ORGANIK O‘G‘ITLAR HAMDA FOSFOGIPSNI SUG‘ORILADIGAN TAQIR O‘TLOQI TUPROQLARLARNING SINGDIRILGAN ASOSLAR TARKIBIGA TA’SIRI
Основное содержимое статьи
Аннотация
Ushbu maqolada mineral va organik o‘g‘itlar hamda fosfogipsni Surxondaryo viloyatining sug‘oriladigan taqir o‘tloqi tuproqlari sharoitida qo‘llash hisobiga tuproqning singdirish kompleksidagi asoslar tarkibining o‘zgarishiga ta’siri bo‘yicha tadqiqotlar olib borildi. Tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha tuproqning meliorativ holatini hisobga olgan holda mineral o‘g‘itlar fonida 30 t/ga qoramol go‘ngi hamda 2 va 4 t/ga me’yordagi FG ni qo‘llash hisobiga tuproqning meliorativ holatini yaxshilash imkoniyati mavjud bo‘ldi.
Ushbu tajribada N250P175K125+30 t/ga go‘ng hamda 2 va 4 t/ga me’yorida FG qo‘llanilgan variantlarda TSK dagi natriy kationi sezilarli kamayishi va peptizatsiyaga uchragan tuproq kolloidlarining koaugulyatsiyalanishi yaxshilanib qo‘llanilgan mineral o‘g‘itlarning samaradorligi ortishiga olib keldi.
Информация о статье
Библиографические ссылки
Xoliqulov Sh.T., Ortiqov T.Q., Hazratqulov Sh.A. Zarafshon vohasi tuproqlari unumdorligi va unga antropogen omillarning tasiri. // Xalqaro ilmiy amaliy konferensiya. T.: 2007. B. 70-74.
Методы агрохимических, агрофизических и микробиологических исследований в поливных хлопковых районах. Ташкент, 1963. С. 156.
Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari.–Toshkent 2007.-148-b.