BOSHLANG‘ICH SINFLARDA EKOLOGIK MUAMMOLAR VA SUV RESURSLARIDAN OQILONA FOYDALANISHGA OID MATNLAR TAHLILI VA O‘RGATISH MASALALARI
Основное содержимое статьи
Аннотация
Milliy xavfsizlikka qarshi yashirin tahdidlarni ko‘rib chiqar ekanmiz, ekologik xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilish muammosi alohida e’tiborga molikdir. Uzoq yillar mobaynida eski ma’muriy-buyruqbozlik tuzumi sharoitida bu muammo bilan jiddiy shug‘ullanilmagan. Тabiatni muhofaza qilish tadbirlariga arzimas darajada kam mablag‘ ajratilardi. O‘rmonlar o‘ylamay-netmay, vahshiylarcha kesib tashlanar edi. Yoqilg‘i va mineral-xomashyo zaxiralari real ehtiyoj bilan taqqoslanmagan holda juda ko‘p miqdorda qazib olinganidan ko‘pchilik qismi qayta ishlanmagan chiqitlar sifatida uyulib yotar edi. Тabiatni muhofaza qiluvchi eng oddiy tozalash inshootlariga ega bo‘lmagan bahaybat sanoat korxonalari faol bunyod etildi. Natijada barcha zaharli va zararli sanoat chiqindilari ulkan havo kengliklarini, suv havzalarini, yer maydonlarini ifloslantiradigan bo‘ldi. O‘z ko‘lami jihatidan beqiyos darajada katta gidroenergetika loyihalarini ro‘yobga chiqarish, transport kommunikatsiyalarini (BAM, ТurkSib kabi temiryo‘llarni, avtomobil, neft-gaz magistrallarini va irrigatsiya tarmoqlarini) bunyod etish nafaqat tabiiy zaxiralarni qashshoqlashtirdi, balki butun boshli aholi punktlarining yo‘q bo‘lib ketishiga, ekologik muvozanat, iqlim, odamlarning hayot va faoliyat sharoitlarining buzilishiga ham olib keldi.
Информация о статье
Библиографические ссылки
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR
A.Nurmonov, N.Mahmudov, A.Sobirov, Sh.Yusupova. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. T., “ILM ZIYO” – 2010
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
Y.V.Malikova. “Tabiiy fanlar” darsligi. 3-sinf. II qism. T.,-2023.
Y.V.Malikova. “Tabiiy fanlar” yozuv daftari.