SUG’ORILADIGAN BO’Z TUPROQLARIDA QISHLOQ XO’JALIK EKIN TURLARINING GUMUSINING GURUHIY TARKIBIGA TA’SIRI
Основное содержимое статьи
Аннотация
Xatirchi tumanida tarqalgan tipik va och tusli bo’z hamda o’tloqi-bo’z tuproqlarning hozirgi gumus holati qiyosiy baholandi. O’rganilayotgan tuproqlarda gumus sifati (guruhiy tarkibi) ga dengiz sathidan balandlik, sizot suvlari chuqurligi, sug’orish davomiyligi, ekin turi kabi omillarning ta’siri o’rganildi. Xatirchi tumani bo’z tuproqlar mintaqasining turli xil tuproq tiplarida antropogen omillarning ta’sirida gumusning guruhiy tarkibi turlicha shakllanadi. Ekinlar turi tuproqdagi gumusning guruhiy tarkibiga ham kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotlarda g‘o‘za, kuzgi bug‘doy va bedaning gumusni guruhiy tarkibiga ta’siri o‘rganildi. Kuzgi bug‘doy ekilgan dalalarda gumin va fulvokislotalarning foiz ulushi g‘o‘za va beda ekilgan maydon tuproqlardagi ulushidan kam bo‘ldi. Biroq, kuzgi bug‘doy ekilgan tuproq gumusi tarkibida gidrolizlanmaydigan qoldiq ulushi eng yuqori bo‘ldi. Gumusi tarkibida gumin kislotalar va gumus kislotalarining umumiy ulushi beda ekilganda kuzgi bug‘doy va g‘o‘za ekilgandagiga nisbatan yuqori bo‘ldi. Beda ekilishi natijasida gumusning gidrolizlanishi kuchayadi va shuning uchun ushbu holatda gumusdaga guminlar ulushi eng past bo‘ldi.
Информация о статье
Библиографические ссылки
Bairov A., “G‘o‘za-kuzgi bug‘doy” tizimida mineral va organik o‘g‘itlarni birgalikda qo‘llashning tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligiga ta’siri // Agroilm, 2018, 5(55). –B.71-73
Botirov M. Kuzgi bug‘doy bilan beda parvarishlashning tuproq gumusi va meliorativ holatiga ta’siri // Agroilm, 2018, 1(51). –B.19
F.Khashimov, O.Tashkenbayev, M.Khayitov. The interdependens of the humus state and the productivity of individual crop on irrigated soils. Conference Proceedings: Global food forum, 2021, ISBN 978-9916-9745-2-0, 31-39 p.
Полуэктов Е.В., Турулев В.В. Влияние антропогенной деятельности на свойства почв: Учебное пособие. Новочеркасск, 1999, 127 c.
Кузиев Р.К., Гафурова Л.А., Абдрахмонов Т.А. Почвенные ресурсы Узбекистана и вопросы продовольственной безопасности // Земельные ресурсы и продовольственная безопасность Центральной Азии и Закавказья. Рим: ФАО, 2016. Ч. 2. С. 75–128. http://www.cawater-info.net/bk/land_law/files/a-i5914b.pdf
F.Kh Khashimov, O.N Tashkenbaev, M.T.Kubayeva, G.M Abdyeva. Influence of anthropogenic impact on the group composition of humus in irrigated soils of the zarafshan valley. European Journal of Agricultural and Rural Education (EJARE), Available Online at: https://www.scholarzest.com Vol. 3 No. 5, May 2022 ISSN: 2660-5643.
O.Tashkenbayev, M. Kubayeva, G. Abdiyeva, I. Najimova. Zarafshon vodiysi tuproqlari gumus sifat tarkibiga turli omillarning ta’siri. Theoretical and Practical Principles of Innovative Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan, Republican Scientific and Practical Conference, Volume 3, SB TSAU Conference, 2022, 669-675 p.