"BOBURNOMA"DA BOBURNING PORTRET VA SIYRAT TASVIRIDA MAHORATI
Основное содержимое статьи
Аннотация
Adabiyotimiz tarixida “Boburnoma” singari portret va peyzaj tasviriga keng o‘rin berilgan asarni kam uchratamiz. Portret bir kishining bo‘y-basti, yuz-ko‘zlari, kiyim-kechagi, yurish-turishi, xatti-harakati, axloq-atvoridir. Asarda ko‘plab odamlarning aniq, betakror portretiga duch kelamiz: xon, amir, beklar haqida gap ketganda uning valodat va nasabi, shakl va shamoyili, axloq va atvori, masof va urushlari, umarosi haqida qisqa, aniq ta‘rif-tasvirlar beriladi. Bunday tasviriy vositalar esa asar badiiyligini ta‘minlovchi muhim poetik birlikdir.
Bobur portret yaratishda odamlarning tashqi ko‘rinishi bilan birgalikda, ichki dunyosiga ham nazar soladi, tarixiy shaxslarning faqat yaxshi tomonlarini tasvirlab o‘tmasdan, balki ularning salbiy xislatlarini ham aytib o‘tadi. Portret tasvirini shunchalik real tasvirlaydi, tasviriy vositalar o‘z funksiyalarini shunchalar aniq va to‘la ifoda etadiki, bu muallifning qancha mahorati borligidan dalolat beradi.
Информация о статье
Библиографические ссылки
Bobur. Z. M. “Boburnoma”. Yulduzcha nashriyoti, 1989.
-Bobur Z. M. Boburnoma. -Toshkent: Yangi asr avlodi, 2015.
- Bobur Z. M. Boburnoma. -Toshkent: "IJOD-PARESS" nashriyoti, 2020.
- V. Rahim. O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi. Toshkent: 2006.
-Эрскин У. Бобур Ҳиндистонда. / Ғ. Сотимов таржимаси. –Тошкент: Чўлпон, 1995.